date

Niko Uilyams “Atletik”da qoldi: nega u orzusidagi "Barsa"ni emas, sadoqatni tanladi?

Niko Uilyams “Atletik”da qoldi: nega u orzusidagi "Barsa"ni emas, sadoqatni tanladi?
Yevropa transfer bozorida kutilgan eng katta dramalardan biri — Niko Uilyamsning taqdiri nihoyat o‘z nuqtasini topdi. Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” ikkinchi bor jonkuyarlik bilan 22 yoshli qanot hujumchisini o‘z safiga qo‘shishga intildi. Kataloniya klubi bu transferni yozgi oyning asosiy voqeasiga aylantirish niyatida edi va futbol olamida hamma Nikoni “Kamp Nou”da ko‘radi, deb o‘yladi.

Biroq barcha mish-mishlar va kutilmalarga qarshi ravishda, “Atletik”ning tarbiyalanuvchisi va eng yorqin yulduzi Niko Uilyams Bilbaoda qolishga qaror qildi. Eng e’tiborlisi, u klubi bilan ajoyib — to‘liq o‘n yillik shartnoma imzoladi. Shu tariqa, “Arsenal”, “PSJ”, “Bavariya” va “Barselona” kabi yirik klublarning orzusi orzuda qoldi.

Niko Uilyams o‘ziga xos va samimiy izoh berdi: “Qaror qabul qilish men uchun oson bo‘lmadi. Ammo ko‘nglimga quloq tutdim — men uchun eng muhimi do‘stlarim va uyim. “Atletik” — bu mening hayotim, bu mening uyim. Olg‘a, “Atletik”!”

Muxlislar va futbol ekspertlari ta’kidlashicha, Uilyamsning bunday qaror qabul qilishi — katta pullar, mashhurlik yoki muvaffaqiyatlar emas, balki sadoqat va klubga muhabbat tuyg‘usi ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Niko Uilyams “Atletik” safidagi faoliyatida 194 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etdi va jamoasi uchun 40 ta gol urdi, 41 ta aniq pas bilan hamda ko‘plab muhim bahslarda hal qiluvchi o‘yinchiga aylandi. Uning milliy jamoadagi faoliyati ham yetarlicha natijali — Ispaniya terma jamoasi safida 28 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 6 marta ishg‘ol etgan.

Katta ehtimol bilan, yangi bitim “Atletik” va Niko Uilyams uchun yangi tarix boshlanishi bo‘ladi. Bu qaror nafaqat klub, balki butun Bilbao shahri va uning muxlislari uchun g‘urur va ilhom manbai bo‘lib qolmoqda. “Barselona” esa orzusidagi yulduzdan yana bir bor mahrum bo‘ldi — katta futboldagi sadoqat hikoyasi yana bir bor g‘alaba qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Niko Uilyams “Atletik”da qoldi: nega u orzusidagi "Barsa"ni emas, sadoqatni tanladi?