date

Pedro Netu "Chelsi" mashg‘ulotiga chiqmadi: do‘stini yo‘qotish uni larzaga soldi

Pedro Netu "Chelsi" mashg‘ulotiga chiqmadi: do‘stini yo‘qotish uni larzaga soldi
Yevropa futbolida qayg‘uli voqea butun sport jamoatchiligini larzaga keltirdi — Portugaliya terma jamoasi va “Chelsi” hujumchisi Pedro Netu o‘zining yaqin do‘sti Diogu Jotaning vafoti sababli jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmadi, deb xabar berdi abola.pt. A Bola nashri ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi fojiali yangilikdan so‘ng kuchli ta’sir ostida qolgan va payshanba kungi mashg‘ulotda ko‘rinmadi.

Pedro Netu va Diogu Jota uzoq yillar “Vulverxempton” jamoasida birga to‘p surgan, Portugaliya terma jamoasida ham katta do‘stlik va ishonch munosabati o‘rnatgan edi. Hamkasbining halok bo‘lishi Pedro uchun haqiqiy ruhiy sinovga aylandi. Hozircha u jamoasining klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi “Palmeyras”ga qarshi chorak final uchrashuvida ishtirok etadimi-yo‘qmi, noma’lum bo‘lib turibdi.

Londonliklar bosh murabbiyi Enso Mareska bu vaziyatda futbolchining ichki holati va shaxsiy tanloviga to‘liq hurmat bilan yondashmoqda. “Bu butunlay uning qarori, u o‘ynash yoki o‘ynamasligini o‘zi hal qilishi kerak va biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Uning har qanday qarori to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun u maydonga tushadimi-yo‘qmi, farqi yo‘q – o‘zini qanday his qilishini ko‘ramiz. Bir narsa aniqki, biz unga qo‘limizdan kelgancha yordam beramiz”, – dedi Mareska.

Mazkur voqea fonida Pedro Netuga nafaqat klubi, balki butun futbol hamjamiyati yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Muxlislar uning qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga, do‘sti Jotaning xotirasiga hurmat ko‘rsatishga intilmoqda.

Futbol olamida do‘stlik va insoniy qadriyatlar, har qanday muvaffaqiyat va natijadan ustun ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Mavsumning eng muhim bahslaridan biri arafasida Pedro Netu uchun eng asosiy masala – ichki ruh va xotira bilan yashayotgan yurak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pedro Netu "Chelsi" mashg‘ulotiga chiqmadi: do‘stini yo‘qotish uni larzaga soldi