
"Dinamo" futbol klubi Qarshining "Nasaf" jamoasi matbuot xizmati xodimi, klub rasmiysi Sarvar Bobonazarovning ijtimoiy tarmoqlar orqali raqib jamoa va butun viloyat sha’niga bildirgan haqoratli fikrlari bo‘yicha "Nasaf"dan rasmiy tushuntirish so‘radi.
"Xususan, Superliga 15-turi doirasidagi "Dinamo" va "Nasaf" (2:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Qarshi klubi matbuot xizmati vakili Sarvar O‘ktamzoda (Bobonazarov) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Samarqanddagi o‘yinda VAR texnikasi Jizzaxdan yetib kelmagani sababli mezbon klub sifatida Samarqand jamoasini haqoratlagan. Ayniqsa, uning samarqandliklarni tahqirlovchi haqorati turli ijtimoiy tarmoqlar, guruhlarda keskin muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
"Nasaf" matbuot xizmati vakili, Qarshidagi "Markaziy" stadioni suxandoni sanalmish Sarvar O‘ktamzoda (Bobonazarov) tomonidan muxlislar o‘rtasida adovatni qo‘zg‘ovchi, keskinlikka sabab bo‘layotgan bildirilgan fikrlar bo‘yicha "Dinamo" "Nasaf" klubidan rasmiy tushuntirish so‘raydi. Klub bu borada qat’iy chora ko‘rishni talab qiladi.
Shuningdek, "Nasaf" matbuot xizmati vakili Sarvar O‘ktamzoda bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilish bo‘yicha ish olib borilayotganini ma’lum qiladi. Bunday xatti-harakatlar klublar o‘rtasidagi munosabat sovuqlashishi, muxlislar o‘rtasidagi yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmaslik shart", – deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar