
O‘zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy BAAning "Baniyas" klubiga transfer qilindi. Bu haqda "ajdarlar" matbuoti xabar berdi.
"Akmal Mozgovoyga omad tilaymiz!
Jamoamiz yetakchilaridan biri, 2024 yilgi mavsumda "Superliganing eng yaxshi futbolchisi" deb e’tirof etilgan Akmal Mozgovoy Birlashgan Arab Amirliklarining "Baniyas" klubiga transfer qilindi.
"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Akmal klubimiz safida samarali faoliyat olib bordi. U jamoamiz bilan birga 3 marotaba O‘zbekiston Kubogi, 3 marotaba Superkubokni, bir martadan Superliganing bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Eng muhimi, o‘tgan mavsumda Akmal "Nasaf" tarixidagi ilk O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishda muhim hissa qo‘shdi.
Jamoamizga unutilmas lahzalarni taqdim etgani, fidoyiligi va sadoqati uchun Akmal Mozgovoyga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Klubimizning barcha a’zolari va minglab muxlislarimiz nomidan unga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va omad tilaymiz.
Barchasi uchun tashakkur, Akmal!", - deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar