
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yana bir syurprizga boy bo‘ldi, deb xabar berdi dailymail.co.uk. Jahon boksining afsonasi, jahon arenalaridagi mashhur ring-anonser Maykl Baffer bu yilgi mundialda yangi roli bilan ishtirok etadi. Kiran Gilning ma’lum qilishicha, yarim final va finalda maydonga tushadigan futbolchilarni aynan Bafferning o‘zi e’lon qiladi.
Bafferning “Let's get ready to rumble!” deb boshlanadigan an’anaviy chiqishi futbol muxlislari uchun yangi emotsiyalar ulashishi, turnir muhitini butunlay o‘zgartirashi mumkin. Bu qaror mundialga nafaqat sport, balki shou-biznes kayfiyati ham qo‘shish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.
Bugungi birinchi yarim finalda Londonning “Chelsi” va Braziliyaning “Fluminense” klublari to‘qnashsa, ertaga esa PSJ va “Real” maydonga chiqadi. Musobaqa finali esa 13 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Baffer har ikki yarim final va final uchrashuvida ishtirok etib, jamoalarni stadionga olib chiqadi.
Mutaxassislar va futbol jamoatchiligi Maykl Bafferning sahnadagi ishtiroki mundialga yangi ruh va kutilmagan shovqin qo‘shishini ta’kidlamoqda. Muxlislar esa, mashhur anonserning jonli chiqishini va futbolchilarning o‘ziga xos taqdimotini katta qiziqish bilan kutmoqda.
Zamin.uz esa, chempionatdagi eng so‘nggi yangiliklar, yulduzlar va shou-marosimlar haqida o‘z o‘quvchilarini tezkor va ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlashda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar