date

"SIUUU" endi futboldan ham baland: Drogba Ronaldu haqida to‘xtaldi

"SIUUU" endi futboldan ham baland: Drogba Ronaldu haqida to‘xtaldi
Futbol tarixida o‘chmas iz qoldirgan Krishtianu Ronaldu nafaqat gollari, balki o‘ziga xos nishonlashi — “SIUUU!” bilan ham dunyoda mashhur. Bu harakat endi faqat futbol maydonlarida emas, turli tadbir va yoshlar hayotida ham o‘ziga xos ramzga aylangan.

Aynan shu haqda afsonaviy hujumchi, “Chelsi” klubi va Kot-d′Ivuar terma jamoasi sobiq yulduzi Dide Drogba to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronalduning “SIUUU” nishonlashi shunchaki bayram emas, balki butun boshli avlod uchun motivatsiya ramziga aylangan.

“Krishtianu Ronalduning gol nishonlashi (SIUUU)ni faqat futbolda emas, balki bitiruv oqshomlarida ham ko‘ryapmiz. Bu nishonlash futboldan tashqariga ham chiqib ketdi, bu ramziy”, — dedi Drogba.

Darhaqiqat, Ronalduning bu harakati ortida faqat emotsiya emas, balki g‘alabaga ishonch, o‘z ustida ishlash va maqsad sari intilish ruhi bor. Bugun “SIUUU” jahon bo‘ylab minglab yoshlar uchun ilhom manbai hisoblanadi.

Siz nima deb o‘ylaysiz? "SIUUU" bugungi sport va yoshlar madaniyatida qanday ahamiyatga ega?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "SIUUU" endi futboldan ham baland: Drogba Ronaldu haqida to‘xtaldi