Joao Pedro: Harri Keyndan ilhom olaman

Chelsi hujumchisi Joao Pedro o‘zining markaziy hujumchi sifatidagi yangi roli haqida gapirib, o‘yinini kuchaytirish uchun aynan Harri Keynni kuzatishini tan oldi. Braziliyalik futbolchi o‘zini klub afsonasi Didye Drogba bilan solishtirishlariga munosabat bildirib, Stamford Bridjda o‘z tarixini yaratmoqchi ekanligini ta‘kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
24 yoshli hujumchi o‘z faoliyatida yangi bosqichga chiqqanini qayd etdi: "Uotford va Braytonda men 10-raqam yoki hujumchi ortida o‘ynaganman, ammo Chelsi safiga kelgach, aynan 9-raqamli hujumchi sifatida o‘ynashni istadim. Hozirgi kunda men Harri Keyn va Robert Levandovskining o‘yinlarini diqqat bilan kuzataman, ayniqsa, Angliya Premer-ligasidagi tajribasi sababli Keyndan ko‘proq ilhom olaman".
Joriy mavsumda Joao Pedro Chelsi safida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U o‘zini shunchaki gol uradigan emas, balki jamoaviy o‘yinni bog‘laydigan zamonaviy hujumchi deb biladi. Uning fikricha, aynan Keyn kabi o‘yinni qurish va gol urish qobiliyatini uyg‘unlashtirish muvaffaqiyat kalitidir.
Didye Drogba bilan solishtirishlarga to‘xtalar ekan, Pedro shunday dedi: "Drogba – Chelsi uchun haqiqiy kumir. Muxlislar ba‘zida meni 'yangi Drogba' deb atashadi, lekin men ortiqcha bosimni his qilmasdan, o‘z yo‘limdan borishni va o‘z tariximni yozishni istayman".
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!