date

Final uchun to‘qnashuv: PSJ va “Real” o‘rtasidagi yarim final oldidan intriga avjida

Final uchun to‘qnashuv: PSJ va “Real” o‘rtasidagi yarim final oldidan intriga avjida
Jahon futbolining eng katta sahnasidan yana bir tarixiy to‘qnashuv arafasidamiz, deb xabar berdi uefa.com. Bugun, 9 iyul kuni PSJ va “Real” klublari Jahon chempionati yarim finalida maydonga chiqib, final uchun so‘nggi imkoniyat uchun kurash olib boradi. Bu o‘yinda intriga, sensatsiya va dramaning barchasi bor: Yevropaning eng kuchli va tajribali jamoalari “titullar derbisi”da uchrashadi.

Ta’kidlanishicha, bugungi bahsda ko‘pchilik PSJni kichik favorit sifatida ko‘rmoqda. Fransiya chempioni so‘nggi 10 o‘yinning 9 tasida g‘alaba qozongan, tarkibdagi yangilanish va dinamika jamoaga alohida kuch bag‘ishlagan. “Qirollik klubi” esa haligacha mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda: Habi Alonso qo‘l ostida 5 uchrashuvda 4 g‘alaba va 1 durang qayd etildi.

O‘zaro o‘yinlar statistikasi ham katta qiziqish uyg‘otadi: PSJ va “Real” tarixda 8 marta to‘qnash kelgan, madridliklar 4 marta, parijliklar 2 marta g‘alaba qozongan, 2 o‘yin durang bilan yakunlangan. Bu galgi to‘qnashuvda ham natija oxirgi daqiqalargacha aniq bo‘lmasligi kutilyapti.

Jamoalarda bir qator asosiy futbolchilar turli sabablarga ko‘ra maydonga chiqmaydi. PSJda Pacho, Lukas Ernandes va Mukiyele, “Real”da esa Hyoysen, Endrik, Alaba, Ferlan Mendi va Kamavinga katta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Muxlislar esa, ikki poytaxt klubining final uchun qay darajada tayyor ekani, qaysi klub bu kechada muxlislarini xursand eta olishi va qaysi jamoa katta finalni uyidan turib tomosha qilishga majbur bo‘lishiga oid savollarga javob izlamoqda. Barcha e’tibor — bugungi tunga!

Zamin.uz esa, Jahon chempionatidagi eng so‘nggi yangiliklar, dramatik bahslar va futbol yulduzlari haqida tezkor va xolis ma’lumotlarni o‘quvchilariga yetkazishda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Final uchun to‘qnashuv: PSJ va “Real” o‘rtasidagi yarim final oldidan intriga avjida