
O‘zbekistonlik tajribali himoyachi Rustam Ashurmatov karyerasini yangi bosqichga olib chiqdi — u Eronning “Istiqlol” klubi safida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ashurmatov bugun “Istiqlol” jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan va ikki mavsumga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Klub uni katta ishonch bilan qabul qilgan va asosiy tarkibdan o‘rin berilishi kutilmoqda.
Avvalroq Eron nashrlari “Istiqlol” jamoasi Ashurmatovni Qozonning “Rubin” klubidan 450 ming yevro evaziga sotib olganini ma’lum qilgan edi. Bu transfer ikki tomon uchun ham katta ahamiyatga ega — “Istiqlol” o‘z himoya chizig‘ini mustahkamlasa, Ashurmatov Eron chempionatida o‘zini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.

Qayd etish joiz, Rustam Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ham bir necha bor to‘p surgan. Uning yuqori darajadagi tajribasi va pozitsion o‘yini Eron chempionatida ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Siz nima deb o‘ylaysiz: Ashurmatov Eronda o‘z o‘yinini topa oladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar