
Jeyms MakEytining “Manchester Siti”dagi kelajagi endi ochiq qolmoqda. Jamoa rahbariyati 22 yoshli iqtidorli yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu qaror jamoaning yangi transfer siyosati va rotatsiya strategiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mail Sport nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, Angliya Premer Ligasi klublaridan biri — “Nottingem Forest” MakEytini o‘z safiga qo‘shish uchun jiddiy harakat boshlagan. Manbaga ko‘ra, “o‘rmonchilar” uning transferi uchun 28,8 million yevro va belgilangan shartlarga ko‘ra qo‘shimcha bonuslar taklif qilgan.
Biroq “Manchester Siti” futbolchining narxini ancha yuqori baholamoqda — 46 million yevro. Bu esa kelishuvni osonlashtirmaydi. Shunday bo‘lsa-da, muzokaralar davom etayotgani va jamoalar o‘zaro manfaatli kelishuvga erishishga intilyayotgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, MakEyti uchun raqobat faqat Angliyada emas. Germaniyaning mashhur klubi — “Borussiya Dortmund” ham yosh yarim himoyachiga ko‘z tikkan. Ular ham “Siti” tarbiyalanuvchisini o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Demak, “Nottingem”ga kuchli raqobatchi paydo bo‘ldi.
Jeyms MakEyti “Siti” akademiyasining mahsuli bo‘lib, o‘tgan mavsumda ijara asosida to‘p surganida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan edi. Uning texnik mahorati, maydondagi fikrlash qobiliyati va universal pozitsiyada o‘ynay olishi futbol mutaxassislari tomonidan yuqori baholanmoqda.
Bu transfer masalasi faqat klublar uchun emas, balki muxlislar uchun ham qiziq. MakEyti “Siti”da qoladimi yoki yangi sahifa ochadimi? Yaqin kunlarda bu savolga javob topiladi. Iqtidor va ehtiyoj to‘qnash kelayotgan bu jarayonda qaror so‘nggi soniyalarda ham o‘zgarishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar