
Angliya Premer-ligasi o‘tgan mavsumi davomida maydonda eng yuqori yugurish tezligini qayd etgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu to‘plamda o‘zbekistonlik yosh iste’dod Abduqodir Husanov ham o‘z o‘rnini egalladi.
"Manchester Siti" jamoasi safida harakat qiluvchi va O‘zbekiston milliy terma jamoasining himoyachisi bo‘lgan Husanov "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda 36,29 km/s tezlikka erishib, ro‘yxatda yettinchi o‘rinni band etdi. Bu natija uni liganing eng tezkor futbolchilaridan biriga aylantirdi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov o‘tgan mavsum davomida o‘zining yuqori jismoniy tayyorgarligi va o‘yindagi faol ishtiroki bilan mutaxassislar e’tiborini tortgandi. Uning ushbu ko‘rsatkichi nafaqat O‘zbekiston futboli, balki butun Osiyo futbolchilari orasida ham e’tiborli yutuq sifatida baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar