date

Eron termasi jamoasi CAFA turnirida legionerlarsiz maydonga tushadimi?

Eron termasi jamoasi CAFA turnirida legionerlarsiz maydonga tushadimi?
CAFA Nations Cup 2025 musobaqasi 28 avgust kuni o‘zining ilk signalini beradi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi terma jamoalar ishtirokidagi mazkur turnir muxlislar orasida qizg‘in qiziqish uyg‘otmoqda. Shu bilan birga, ishtirokchi jamoalar tarkibi borasida turli savol va taxminlar ham ko‘paymoqda. Eron terma jamoasiga oid ma’lumotlar esa katta muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi championat.asia nashriga suhbat davomida Mehrnews agentligi jurnalisti Mehdi Mortazavian.

Mortazavianning ta’kidlashicha, Amir Galenoi boshchiligidagi Eron termasi mazkur musobaqada o‘z legionerlarisiz ishtirok etadi. Bu qarorning asosiy sababi — CAFA Nations Cup 2025 FIFA rasmiy kalendaridan tashqari o‘tkazilayotganidir. Ya’ni, klublar legioner futbolchilarini terma jamoalarga jo‘natish majburiyatiga ega emas.

Ayni paytda Eron termasida o‘ynayotgan ko‘plab yuqori saviyadagi futbolchilar chet eldagi klublarda faoliyat olib bormoqda. Ular orasida: Mehdi Taremi ("Inter"), Sardor Azmun va Sayid Izzatullohi ("Shabab Al Ahli"), Muhammad Gorbani ("Al Vahda"), Saman G‘oddos, Mehdi Gayedi, Shahriyor Mogonlou ("Ittihod Kalba"), Sodiq Muharrami ("Dinamo", Zagreb), Alirizo Jahonbaxsh ("Xerenven"), Ali Golizoda ("Lex Poznan"), Said Saharkizan ("Orenburg") va boshqalar bor.

Ushbu futbolchilarning turnirda ishtirok etmasligi nafaqat terma jamoa salohiyatiga, balki umumiy musobaqa darajasiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. Eron termasi so‘nggi yillarda mintaqaviy va jahon miqyosida yuqori saviyadagi jamoa sifatida e’tirof etib kelingan. Biroq asosiy tarkibdan bir qancha yetakchi o‘yinchilarning yo‘qligi bu pozitsiyani murakkablashtirishi aniq.

Bundan tashqari, Malayziya terma jamoasi ham FIFA kunlaridan tashqarida turnir tashkil etilganini sabab qilib ko‘rsatib, CAFA Nations Cup 2025 musobaqasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining ham bir necha legioner futbolchilari 1-turdagi O‘monga qarshi o‘yinga kelib ulgurmasligi ehtimoli bor. Turnir boshidayoq bunday muammolar yuzaga kelishi, albatta, sport muhitida notinchlik uyg‘otadi.

CAFA kabi mintaqaviy musobaqalarda milliy terma jamoalarning to‘liq tarkibda qatnashishi muxlislar uchun juda muhim. Chunki bu nafaqat raqobat darajasini belgilaydi, balki musobaqa nufuzini ham oshiradi.

Shu bois, kelgusida bunday musobaqalarni xalqaro taqvimga mos ravishda tashkil etish zarurati yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. Aks holda, mintaqadagi futbol rivoji va muxlislarning qiziqishiga salbiy ta’sir yetishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron termasi jamoasi CAFA turnirida legionerlarsiz maydonga tushadimi?