
Yaponiyaning «Jubilo Ivata» klubi Qarshining «Nasaf» jamoasi vakili Fozil Musaev bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Kun nashri.
Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topgan. Agar Fozil Musaev dekabr oyi davomida tibbiy ko‘rikdan muammolarsiz o‘tib olsa, «Jubilo Ivata» klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, «Jubilo Ivata» Yaponiya «Jey» ligasining oxirgi mavsum birinchi bosqichida 17 uchrashuvdan keyin 23 ochko to‘plab, 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-bosqichda 13 ochko bilan 14-pog‘onanini band etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar