"Real Madrid" rekord miqdorda daromad topish bilan tarix yozdi

1 daqiqa o'qish2.7K
"Real Madrid" rekord miqdorda daromad topish bilan tarix yozdi
Yevropa futbolidagi eng barqaror va daromadli klublardan biri hisoblangan Madridning mashhur "Real" jamoasi 2024/25-moliyaviy mavsumiga oid rasmiy hisobotini taqdim etdi, deb xabar berdi realmadrid.com.

Klub e’lon qilgan raqamlar bir qarashdayoq muxlislar va ekspertlarni hayratga solishi tabiiy. Chunki bu hisobot orqali “qirollik klubi” nafaqat sportda, balki moliya sohasida ham qanday yuksak pog‘onalarni egallaganini yana bir bor namoyish etdi.

Madridliklar 2024/25-yilda hech qanday transfersiz, ya’ni futbolchi sotuvlaridan daromad olmasdan turib, 1 milliard 185 million yevro foyda ko‘rgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan taxminan 10 foizga ko‘proq va klub tarixidagi mutlaq rekord sifatida qayd etildi.

Bunday yuqori daromad fonida "Real"ning sof foydasi ham jiddiy o‘sishga erishdi — 24,3 million yevro. Bu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumga nisbatan 56 foizga oshib, klubning iqtisodiy faoliyati qanchalik samarali ekanini ko‘rsatmoqda.

E’tiborga molik yana bir jihat — EBITDA ko‘rsatkichi. Bu soliqlar, foizlar va amortizatsiya xarajatlarini inobatga olmagan holdagi foyda miqdoridir. “Real” uchun bu raqam 242,9 million yevroni tashkil qilgan. Bu ham tarixiy rekord sifatida qayd etildi va jamoa moliyaviy mexanizmlarini qay darajada muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yganini tasdiqlaydi.

Hozirda klubning umumiy sof kapitali 598 million yevroga yetgan. Qarz va kapital o‘rtasidagi nisbat esa 0 ga teng — bu “Real” deyarli mutlaq qarzsiz holatda ekanini anglatadi.

Shu bilan birga, klubning stadioni — “Santyago Bernabeu”ni qayta qurish maqsadida olingan kreditlardan tashqari, “Real”ning toza qarzi bor-yo‘g‘i 12 million yevroni tashkil etadi. Bunday barqarorlik ko‘plab yetuk klublar uchun orzu bo‘lib qolmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, “Real Madrid” nafaqat maydonda, balki moliyaviy rejalarda ham chempionlikka intilmoqda. Futbolchilar, muxlislar va investorlar uchun bunday barqarorlik esa ertangi kunga ishonch va ilhom bag‘ishlaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?