
Fransiyaning mashhur klubi “Pari Sen-Jermen” joriy yozda yana bir g‘alati qaror bilan futbol olamining e’tiborini tortdi. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike ijaradan qaytgan va ancha taniqli bo‘lgan futbolchilar — ispaniyalik Marko Asensio, Karlos Soler hamda slovakiyalik markaziy himoyachi Milan Shkrinyarni asosiy tarkib mashg‘ulotlaridan chetlatishga qaror qildi, deb yozadi Ok Diario.
Ma’lumotlarga ko‘ra, murabbiy mazkur futbolchilarni kelasi mavsum rejalaridan butunlay chiqarib tashlagan. Shu sababli, ularni shaxsan o‘zi boshqaruvidagi asosiy tarkib bilan emas, zaxira jamoasi mashg‘ulotlariga yo‘lladi. Enrikening bu qarori nafaqat futbolchilarni, balki mutaxassislarni ham hayratda qoldirdi.
Ayni paytda Asensio, Soler va Shkrinyar kabi nomdor futbolchilar zaxira jamoa bilan shug‘ullanmoqda. Bu mashg‘ulotlarda yuklama ancha yengil bo‘ladi va shikastlanish xavfi kamayadi. Chunki bu futbolchilarning transferi kutilayapti va klub ularni imkoniyat boricha yaxshigina narxda sotib yuborishga harakat qilmoqda.
Jumladan, Karlos Solerga Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Marko Asensio va Milan Shkrinyar esa Turkiyaning “Fenerbahche” klubi diqqat markazida turibdi. “Fenerbahche” rahbariyati ikki futbolchiga ish taklif etgan va muzokaralar olib borilayotgani aytilmoqda.
Bu futbolchilar o‘z vaqtida PSJda yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishi kutilgandi. Ammo ularning formaga kirishi yoki jamoaga moslashishi rejalarga to‘g‘ri kelmadi. Endi esa ularning Parijdagi faoliyati yakun topishi arafasida turibdi.
Shu tariqa, “Pari Sen-Jermen” yangi mavsum arafasida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirmoqda. Luis Enrike o‘zining shaxsiy strategiyasi asosida jamoa qurmoqchi. Bu esa ba’zi yulduzlar uchun klub eshiklari yopilayotganini anglatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar