date

“Real” yuqori maoshli himoyachi bilan xayrlashishga qaror qildi

“Real” yuqori maoshli himoyachi bilan xayrlashishga qaror qildi
Jahon futbolining eng nufuzli klublaridan biri — “Real Madrid” joriy yozda tarkibdagi ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirishga bel bog‘lagan. AS nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati katta maosh olayotgan futbolchilar safidan David Alabani chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda.

Avstriyalik himoyachi 2021 yilda “Bavariya”dan erkin agent sifatida kelgan va “Real” tarkibida muhim rol o‘ynagan edi. Biroq keyingi ikki mavsumda u jiddiy jarohatlar tufayli deyarli maydonda ko‘rinmay qoldi. Faqatgina 14 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Aynan maosh masalasi “Real”ning qaroriga sabab bo‘ldi. Alabaning haftalik maoshi 415 ming yevro (61 mlrd so‘m atrofida) ni tashkil etadi. Bu summadan klubda faqat Mbappe va Vinisius ko‘proq oladi.

Rahbariyat ushbu xarajatni qisqartirish maqsadida uni sotishni istayapti. Ammo futbolchining o‘zi ketmoqchi emas. Uning “Real” bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi va u shu vaqtgacha klubda qolishni istamoqda.

David Alaba ayni damda jarohatdan tiklanmoqda. Uning keyingi faoliyati reabilitatsiya jarayoni va sport holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” yuqori maoshli himoyachi bilan xayrlashishga qaror qildi