
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov yaqinda Eronning mashhur klublaridan biri — “Istiqlol”ga o‘tgani haqida futbol muxlislariga ma’lum bo‘lgandi. Mazkur transfer ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgani aniq, chunki futbolchimizga klub rahbariyati va murabbiylar shtabi katta umid bog‘lagan edi, deb xabar berdi varzesh3.com.
Biroq, futbolda har doim ham barchasi rejaga ko‘ra ketavermaydi. Kecha Turkiyadagi yig‘in davomida “Istiqlol”ning yangi a’zosi Rustam Ashurmatov mashg‘ulot paytida jiddiy jarohat oldi. U o‘ng tizzasidan og‘riq his qilib, shifokorlar ko‘magida mashg‘ulotni yarim yo‘lda to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatdan so‘ng futbolchi shoshilinch ravishda shifoxonaga olib ketilgan va u yerda dastlabki tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. “Istiqlol” klubi shifokori ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi:
"Payshanba kungi mashg‘ulot davomida Rustam Ashurmatovning o‘ng tizzasi shikastlandi. Uning jarohat darajasini aniqlash va aniq xulosa berish uchun MRT tekshiruvi o‘tkazdik. Ilk natijalarga ko‘ra, Rustam kamida olti hafta maydondan tashqarida qoladi. Uning to‘liq tuzalishi va mashg‘ulotlarga qayta qo‘shilishi shu muddatga bog‘liq bo‘ladi", — dedi klub shifokori.
Bu yangilik “Istiqlol” muxlislari uchun quvonchli bo‘lmadi. Boisi, Ashurmatovning jamoaga qo‘shilishi orqali himoya chizig‘ida kuchli raqobat va yangi taktik yechimlar kutilgandi. Endilikda esa klub rahbariyati futbolchining sog‘lig‘ini tiklashga e’tibor qaratishiga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, Ashurmatov uchun ham bu albatta sinov davri. Uning barqaror faoliyatida shunday uzilishlar kam uchragan bo‘lsa-da, bunday jarohatlar professional sportda tez-tez ro‘y berishi ma’lum. Murabbiylar shtabi va shifokorlar nazoratidagi tiklanish jarayonidan keyin Rustam yana yuqori saviyadagi futbolga qaytishiga ishonch bildirilmoqda.
Tez oradagi tuzalish va maydonga qaytish tilab qolamiz, Rustam! Muxlislar sendan yanada kuchliroq qayta qaytishni kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar