
Yevropa futbolida katta transfer yangiligi qayd etildi – Turkiyaning yetakchi klubi “Fenerbaxche” so‘nggi mavsumni ijara asosida jamoa safida o‘tkazgan Slovakiya terma jamoasi sardori Milan Shkrinyarni to‘liq sotib olishga qaror qildi. Bu haqda bir necha turk nashrlari ishonchli manbalarga tayangan holda xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Fenerbaxche" va Fransiyaning mashhur klubi “Pari Sen-Jermen” o‘rtasida uzoq muzokaralardan so‘ng 30 yoshli markaziy himoyachining transferi bo‘yicha yakuniy kelishuvga kelindi. Milan Shkrinyar yangi klubi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Unga yillik maosh sifatida 7,5 million yevro to‘lanishi rejalashtirilmoqda, bu esa Turkiya Superligasidagi eng yuqori daromadli himoyachilardan biriga aylantiradi.
Shkrinyarning “Fenerbaxche”dagi ijara davri unga nafaqat yangi muhitga moslashish imkonini berdi, balki o‘zini sevdirishga ham muvaffaq bo‘ldi. U mavsumning ikkinchi yarmida 16ta o‘yinda ishtirok etdi va himoyachi bo‘lishiga qaramay, 3ta muhim gol muallifiga aylandi. Aniq harakatlari, pozitsion o‘yini va liderlik fazilatlari bilan jamoa muxlislari qalbidan joy oldi.
PSJ safida to‘liq ochilib ulgurmagan Shkrinyar uchun Turkiyadagi yangi bosqich uning karyerasida muhim burilish nuqtasi bo‘lishi kutilmoqda. Uning tajribasi va o‘yindagi barqarorligi “Fenerbaxche” himoya chizig‘ini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Endilikda, jamoa bosh murabbiyi uni butun mavsum davomida asosiy tarkibda ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Klub yetakchilari esa bu transfer orqali Yevropa arenalaridagi muvaffaqiyatlarga yanada yaqinlashishni maqsad qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar