date

Husanov “Real” futbolkasiga imzo qo‘ymadi

Husanov “Real” futbolkasiga imzo qo‘ymadi
Abduqodir Husanovning Toshkentda muxlislar bilan uchrashuv paytidagi harakati ijtimoiy tarmoqlarda katta bahslarga sabab bo‘ldi. U FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurganida ko‘plab ishqibozlarga imzo tarqatib, ular bilan suratga tushdi. Ammo futbolchi “Real Madrid” futbolkasini imzolashni rad etdi.

Bu vaziyat “Manchester Siti” muxlislari tomonidan katta iliqlik bilan kutib olindi. Ular Husanovning mazkur pozitsiyasini hurmat bilan qabul qilib, unga bo‘lgan ehtiromini yanada oshirishdi.

E’tiborlisi, 21 yoshli markaziy himoyachi 2024 yil yanvar oyida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda “Siti” safida debyut qilgan va shu tariqa Premer-ligada to‘p surgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylangandi. Uning Angliyadagi faoliyati qisqa fursat ichida katta qiziqish uyg‘otdi.

Abduqodir Husanov transfer oynasi yakunlash arafasida “Manchester Siti”ga Fransiyaning “Lans” jamoasidan 33.6 million yevroga (bonuslar bilan) o‘tgan. Shundan buyon u “Real Madrid”, “Liverpul” va “Tottenxem” kabi yetakchi jamoalarga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib kelmoqda.

Uning “Real” futbolkasiga imzo qo‘ymasligi ko‘pchilik tomonidan klubga sadoqat ramzi sifatida baholandi. Bu harakat orqali Husanov “Siti” ishqibozlari qalbidan yana bir marta qahramon sifatida mustahkam joy oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husanov “Real” futbolkasiga imzo qo‘ymadi