date

«Buxoro» tarkibga yangi hujumchi — Amonovni qo‘shdi

«Buxoro» tarkibga yangi hujumchi — Amonovni qo‘shdi
"Buxoro" jamoasi yangi mavsum arafasida o‘z safini tajribali hujumchi bilan mustahkamladi. Klub rahbariyati markaziy hujumchi Azizbek Amonov bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli futbolchi joriy mavsumning birinchi yarmida “Bunyodkor” safida to‘p surgan. Kecha esa u “Buxoro” klubi bilan rasman shartnoma imzoladi.

Azizbek Amonov futbolchilik faoliyati davomida quyidagi jamoalar tarkibida to‘p surgan: “Lokomotiv”, “Buxoro”, Eronning “Istiqlol”, “Nasaf”, BAAning “Xor Fakkan”, “Neftchi” va “Bunyodkor”.

Azizbek Amonov haqida qisqacha ma’lumot:
Tug‘ilgan sanasi:
30 oktyabr, 1997 yil
Millati: o‘zbek
Pozitsiyasi: markaziy hujumchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Buxoro» tarkibga yangi hujumchi — Amonovni qo‘shdi