date

“Liverpul” yangi qanot hujumchisini Fransiyadan izlayapti

“Liverpul” yangi qanot hujumchisini Fransiyadan izlayapti
Angliyaning mashhur “Liverpul” klubi jamoani kuchaytirish uchun Fransiya chempionatida to‘p surayotgan yosh hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Sasha Tavolierining ma’lum qilishicha, “Lion” klubi tarkibida o‘ynayotgan 20 yoshli qanot hujumchisi Malik Fofana mersisaydliklar uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu futbolchi klubning italiyalik yarim himoyachisi Federiko Kyezaning o‘rniga asosiy nomzod sifatida tanlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kyeza yaqin kunlarda Angliyani tark etib, faoliyatini Italiyada davom ettirishi kutilmoqda. Shu sababli “Liverpul” rahbariyati yosh va iqtidorli hujumchiga e’tibor qaratmoqda. Manbada aytilishicha, Malik Fofananing Angliya Premer-ligasi klubiga o‘tish ehtimoli yuqori.

Fofana o‘tgan mavsum “Lion” safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushdi, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Fransiyalik hujumchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Fofananing bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

“Liverpul” bu transfer orqali qanot hujumini kuchaytirish va jamoaning raqobatbardoshligini oshirish niyatida. Transfer bo‘yicha muzokaralar yaqin kunlarda yanada faollashishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” yangi qanot hujumchisini Fransiyadan izlayapti