“Manchester Yunayted”da yangilanish: chap qanot himoyachisi kim bo‘ladi?

1 daqiqa o'qish400
“Manchester Yunayted”da yangilanish: chap qanot himoyachisi kim bo‘ladi?

“Manchester Yunayted”da yangilanish: chap qanot himoyachisi kim bo‘ladi?
Angliyaning taniqli “Manchester Yunayted” klubi chap qanot himoyachisi Lyuk Shou bilan xayrlashishga yaqin turibdi, deb xabar berdi The Sun.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli tajribali futbolchi Saudiya Arabistonidan kelgan jiddiy takliflardan xabardor va bu masalani muhokama qilishga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, ushbu taklif futbolchining kelajak faoliyatida katta ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Oxirgi yillarda Lyuk Shou sog‘ligidagi uzluksiz muammolar tufayli barqaror va yuqori darajada o‘yin namoyish etish imkonini yo‘qotib qo‘ygan. Jumladan, o‘tgan mavsumda ham himoyachi atigi 12 ta uchrashuvda ishtirok etgan, xolos.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim Shouning tez-tez jarohat olayotganini hisobga olgan holda, qishki transfer oynasida jamoaga Patrik Dorguni taklif etgan edi. Yaqinda esa manchesterliklar chap qanot himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida Diyego Leon bilan shartnoma imzolashga erishishdi.

Ayni paytda Lyuk Shouning ehtimoliy transferi yoz oylarida amalga oshmasa, qishki transfer oynasigacha qoldirilishi mumkin. U mavsum boshidagi o‘yinlarda o‘z imkoniyatlarini yana bir bor sinab ko‘rish niyatida. Klub rahbariyati esa futbolchidan iloji boricha tezroq “qutulish” istagida, chunki u haftasiga 150 ming funt miqdorida maosh olib kelyapti.

Muxlislar esa “Manchester Yunayted” safidagi bu o‘zgarishlar va Lyuk Shouning kelajagi qanday rivoj topishini qiziqish bilan kuzatmoqda. Klub tarkibidagi yangilanishlar va yangi o‘yinchilarning kelishi “Yunayted”ni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?