date

Armaniston chempioni safidagi goleador O‘zbekistonga yo‘l olyapti

Armaniston chempioni safidagi goleador O‘zbekistonga yo‘l olyapti
Armaniston chempionligini qo‘lga kiritgan tajribali vinger Eraldo Chinari kelgusi faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin.

Maksim Shatskix boshchiligidagi jamoa hozirda Albaniya termasi vakili bilan muzokara olib bormoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, 28 yoshli futbolchi ikkinchi davradan boshlab “Andijon” tarkibini kuchaytiradi.

Avvalroq, Chinarining xizmatlariga “Nasaf” klubi ham qiziqish bildirgani aytilgan edi. Biroq keyinchalik ushbu muzokaralar kutilgan natijani bermagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Eraldo Chinari Armanistonning “Noa” klubi safida zo‘r o‘yin namoyish etib, jamoasiga chempionlik sovrini olib kelgan. Futbolchi 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 9 bor golli pas uzatgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, tajribali vingerning transfer qiymati 700 ming yevro deb baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Armaniston chempioni safidagi goleador O‘zbekistonga yo‘l olyapti