Angliyaning mashhur klubi “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot yaqinda jamoaga qo‘shilgan yosh va iqtidorli Florian Virs hamda klubning transfer strategiyasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, “Liverpul” faqatgina mavsum uchun emas, balki kelajak uchun ham puxta rejalar asosida harakat qilmoqda.
“Ha, bu harakatlarimiz “Liverpul” klubi qanday bosqichda rivojlanayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Biz futbolchi xarid qilish masalasida yuzaki yondashuvdan voz kechganmiz. Endi maqsadimiz — yosh, qobiliyatli, bir necha pozitsiyada harakat qila oladigan futbolchilarni jamoaga jalb qilish. Bu uzoq muddatli va mustahkam loyiha”, — dedi Arne Slot.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, klub faqatgina mavjud ehtiyojni to‘ldirish bilan cheklanmaydi. Balki, jamoani rivojlantiradigan, yangi ruh olib kiradigan futbolchilar tanlab olinadi. “Biz salohiyati yuqori bo‘lgan va jamoamizga tetiklik olib kirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni tanlab olamiz. Keyin esa ularni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Florian bilan muzokaralar yaxshi o‘tdi. U bizga ishondi, biz esa uni jamoamizda ko‘rishni xohladik”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Liverpul” Virsni Germaniyaning “Bayer” klubidan 125 million yevro (o‘zbek so‘mida taxminan 1.7 trln so‘m) miqdoridagi mablag‘ evaziga xarid qildi. Bu transfer jamoaning katta maqsadlari borligini yana bir bor tasdiqlamoqda.
“Liverpul” bosh murabbiyi: Virs “Liverpul”ning uzoq muddatli loyihasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar