Parijning “PSJ” jamoasi va Marokash terma jamoasining himoyachisi Ashraf Hakimiy juda jiddiy huquqiy muammoga duch kelmoqda. Fransiyaning Le Parisien nashri ma’lum qilishicha, u zo‘rlashda ayblanmoqda va agar ayb isbotlansa, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
2023 yil mart oyida Nanter prokuraturasi tomonidan boshlangan tergov ishida Hakimiy 24 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilganlikda gumon qilingan. Qizning ta’kidlashicha, u futbolchi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan va uning taklifiga ko‘ra uyiga borgan. Ammo u yerda vaziyat keskin o‘zgargan.
Jabrlanuvchi iddao qiladiki, u bir necha marta qarshilik bildirgan va hatto uydan chiqib ketishga uringan. Shunga qaramasdan, Hakimiy unga tegajog‘lik qilgan va zo‘rlash sodir etilgan.
Prokuratura tomonidan berilgan ayblov katta jazoni nazarda tutadi — 15 yilgacha qamoq. Endi ish sudya ko‘rib chiqishi bilan davom etadi. Tergov jarayonida har ikki tomonning bayonoti, dalillar va huquqiy jihatlar atroflicha o‘rganiladi.
Ma’lumot uchun, Ashraf Hakimiy — dunyo futbolining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lib, “PSJ”da o‘z o‘rniga ega. Uning advokatlari unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda va futbolchining begunohligini isbotlash uchun harakat qilmoqda.
Bu ish Fransiya va xalqaro sport jamoatchiligining e’tiborida. So‘nggi qarorni sud chiqaradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!