date

Mbappe: Hakimi ayollarga nisbatan hurmatli inson

Mbappe: Hakimi ayollarga nisbatan hurmatli inson

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe zo‘ravonlik ishi bo‘yicha so‘roq bergan paytida sobiq jamoadoshi Ashraf Hakimini himoya qildi. Bu haqda fransuz nashri L'Équipe xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi vaziyatlar futbolchilar hayotida uchrashi mumkin va ularga yondashishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
“Biz bu mavzuda ko‘p gaplashamiz. Bunday vaziyatlarda ehtiyotkor bo‘lish muhim. Biz hech qanday holatda vahshiylar emasmiz. Faoliyatimiz boshidanoq shunday vaziyatlarga duch kelishimiz mumkinligini anglaganmiz”, — dedi Mbappe.
U, shuningdek, Hakimining shaxsiy odob-axloqi haqida ham ijobiy fikr bildirdi:
“Ashraf — ayollarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan inson. Men uni hech qachon mast holda yoki qandaydir shubhali harakatlar qilib yurganini ko‘rmaganman. Shuningdek, uning yaqin atrofidagilari ham uning chegarani buzgani haqida gapirmagan”.
Eslatib o‘tamiz, Ashraf Hakimi 2023 yilda sodir etilgan zo‘ravonlik holatida gumonlanmoqda. Agar u aybdor deb topilsa, unga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Hozircha tergov ishlari davom etmoqda va futbolchining taqdiri sud qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe: Hakimi ayollarga nisbatan hurmatli inson