date

Superliga. OKMK Sanchesning dubli evaziga "Paxtakor"ni mag‘lub etdi

Superliga. OKMK Sanchesning dubli evaziga "Paxtakor"ni mag‘lub etdi

Superliganing 17-turi doirasidagi "Paxtakor" - OKMK bahsi yakuniga yetdi. Turning markaziy bellashuvlaridan birida OKMK 1:2 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mehmonlarning ikki goliga ham Ruben Sanches (17', 81') mualliflik qilgan bo‘lsa, "sherlar" safidagi yagona gol 47-daqiqada Igor Sergeyev tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, OKMK Superliganing joriy mavsumida "Paxtakor"ga qarshi ikkinchi bahsda ham g‘alaba qozondi.

"Paxtakor" – OKMK 1:2
Gollar: 0:1 – 17, Ruben Sanches (Akrom Komilov), 1:1 – 47, Igor Sergeyev, 1:2 – 81, Ruben Sanches (Nodir Abdurazzoqov)

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliyev (50.Flamarion, 46), 7.Hojiakbar Alijonov, 11.Igor Sergeyev (18.Bobir Abdixoliqov, 77), 17.Dostonbek Hamdamov (94.Brayan Riaskos, 46), 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (9.Ibrohim Ibragimov, 87), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov (10.Aziz Turg‘unboyev, 46).
Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 8.Diyor Xolmatov, 20.Dilshod Abdullayev.

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akrom Komilov (19.Ahmadullo Muqimjonov, 88), 4.Mirjamol Qosimov (8.Aziz Xolmurodov, 63), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshod Ahmadaliyev (13.Eldor Begimov, 88), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 16.Naoki Senaga (77.Nodir Abdurazzoqov, 63), 18.Ibrohim Yo‘ldoshev (99.Asadbek Sobirjonov, 75).
Zaxira: 88.Hamidullo Abdunabiyev, 23.Ajak Riak, 27.Ali Abdurahmonov, 30.Abror Sarimsoqov.

Ogohlantirishlar: Muhammadqodir Hamraliyev (23), Akrom Komilov (37), Muhammadrasul Abdumajidov (37), Dilshod Ahmadaliyev (53).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. OKMK Sanchesning dubli evaziga "Paxtakor"ni mag‘lub etdi