Superliganing 17-turi doirasidagi "Paxtakor" - OKMK bahsi yakunida OKMK 1:2 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mehmonlarning ikki goliga ham Ruben Sanches (17', 81') mualliflik qilgan bo‘lsa, "sherlar" safidagi yagona gol 47-daqiqada Igor Sergeyev tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, OKMK Superliganing joriy mavsumida "Paxtakor"ga qarshi ikkinchi bahsda ham g‘alaba qozondi.
"Paxtakor" – OKMK 1:2
Gollar: 0:1 – 17, Ruben Sanches (Akrom Komilov), 1:1 – 47, Igor Sergeyev, 1:2 – 81, Ruben Sanches (Nodir Abdurazzoqov)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar