Yevropa futbolida katta shov-shuv: “Barselona” klubi rahbariyati muhim qaror qabul qildi, deb xabar berdi 3cat.cat. Nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen endi jamoa sardori emas. Klub bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yaqin kunlarda yangi yetakchini tanlab e’lon qilishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qarorga ter Shtegenning klub shifokorlari tayyorlagan jarohat haqidagi tibbiy xulosani imzolashdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. Bu hujjat La Liga doirasidagi maxsus komissiyaga topshirilishi kerak edi. Darvozabon o‘z mavqeidan foydalanib, klub siyosatiga qarshi chiqqanini rahbariyat jiddiy tarzda baholadi va intizomiy ish qo‘zg‘atishga qaror qildi.
“Barselona” rahbariyati fikricha, bu kabi ixtilofli vaziyatda jamoaning rasmiy yetakchisi bo‘lib qolish to‘g‘ri emas. Klub uchun sardor nafaqat maydonda, balki tashqarisida ham ulkan mas’uliyatga ega. Ter Shtegenning bu harakati boshqa futbolchilar uchun ham saboq sifatida baholanmoqda.
Yangi mavsum arafasida jamoa ichidagi atmosfera va ishonch muhiti yana bir bor namoyon bo‘ldi. Muxlislar esa, yaqin kunlarda yangi sardor kim bo‘lishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. “Barsa”ning bu qaroridan keyin jamoa ichki tartibi va intizomi yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.
Klubda boshlanayotgan yangi bosqich, yangi yetakchi va yangi maqsadlar – muxlislar uchun ham katta qiziqish uyg‘otadigan voqea bo‘lib qolmoqda. “Barselona”dagi o‘zgarishlar katta e’tibor markazida.
“Barselona”da yangi davr: ter Shtegen sardorlikdan ozod etildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar