date

Usmon Dembele — “Oltin to‘p” uchun asosiy favorit: tahlilchilar fikri qanday?

Usmon Dembele — “Oltin to‘p” uchun asosiy favorit: tahlilchilar fikri qanday?

Evropa futbolida yilning eng nufuzli individual mukofotlaridan biri sanalgan “Oltin to‘p” sari yo‘l qizg‘in bahslarga to‘la, deb yozadi goal.com. Taniqli tahliliy xizmatning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda “PSJ” klubi qanot hujumchisi Usmon Dembele ushbu sovrin uchun asosiy da’vogar sifatida qayd etilgan.

Tahlilchilar reytingiga ko‘ra, “Barselona”ning yosh talanti Lamin Yamal ikkinchi o‘rinda turibdi. PSJ tarkibidan yana bir futbolchi — Vitinya reytingda kuchli uchlikni yakunladi. Mavsum davomida ko‘rsatilgan o‘yin va natijalar ushbu futbolchilarni mukofot uchun jiddiy raqobatga olib keldi.

Kuchli onlikda esa bir qator jahon yulduzlari joy olgan. Ular orasida “Barselona” va “PSJ” klubi a’zolari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yamal va Dembelaning katta imkoniyatlari tahlilchilar e’tibor markazida bo‘lib, har bir o‘yin ular uchun navbatdagi imtihonga aylanmoqda.

Quyida “Oltin to‘p” uchun eng jiddiy da’vogarlar reytingi bilan tanishing:

  1. Usmon Dembele (“PSJ”, Frantsiya)

  2. Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya)

  3. Vitinya (“PSJ”, Portugaliya)

  4. Rafinya (“Barselona”, Braziliya)

  5. Muhammad Salah (“Liverpul”, Misr)

  6. Kilian Mbappe (“Real” Madrid, Frantsiya)

  7. Ashraf Hakimi (“PSJ”, Marokash)

  8. Dezire Due (“PSJ”, Frantsiya)

  9. Xvicha Kvaratsxeliya (“PSJ”, Gruziya)

  10. Nunu Mendesh (“PSJ”, Frantsiya)

Mutaxassislar ta’kidlashicha, hozirgi reyting — mavsumning natijalari va shaxsiy yutuqlar asosida shakllangan. Yangi o‘yinlar va katta musobaqalar esa bu reytingga o‘zgarish kiritishi mumkin. “Oltin to‘p” uchun kurash borasida intriga yuqori bo‘lib qolmoqda va yil oxirida qaysi futbolchi eng yuqori bahoga sazovor bo‘lishi barcha muxlislar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Dembele — “Oltin to‘p” uchun asosiy favorit: tahlilchilar fikri qanday?