date

PSJda darvozabonlar inqilobi: Shevalega ishonch, Donnarumma ketishi kutilyapti

PSJda darvozabonlar inqilobi: Shevalega ishonch, Donnarumma ketishi kutilyapti

Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi eng kuchli jamoasi “Pari Sen-Jermen” yangi mavsum arafasida transfer bozorida yana bir katta qaror qabul qildi, deb xabar berdi lequipe.fr. Klub rahbariyati Fransiyaning iqtidorli darvozaboni Lyuk Shevaleni “Lill” jamoasidan olib keldi va bu qaror PSJda darvozabonlar rotatsiyasiga nuqta qo‘ydi.

Manbalarga ko‘ra, PSJ sport direktori Luish Kampush klub rahbariyati bilan muzokaralar chog‘ida aniq bir pozitsiyani ilgari surgan — u jamoada darvozabonlar navbatlashuviga keskin qarshi chiqqan. Kampushning fikriga ko‘ra, bir raqamli darvozabon faqat bitta bo‘lishi shart va bu lavozim endi Lyuk Shevalega tegishli bo‘ladi. Jurnalist Loik Tanzi ta’kidlaganidek, klubda aynan Shevalega to‘liq ishonch bildirilgan va u asosiy posbon sifatida ko‘riladi.

Shu bilan birga, bosh murabbiy Luis Enrike ham Shevale bilan suhbatda uning psixologik va jismoniy jihatdan asosiy tarkibda o‘ynashga to‘laqonli tayyorligini tasdiqlagan. Klubdagi bunday o‘zgarishlar esa, shubhasiz, italiyalik golkiper Janluiji Donnarummaning kelajagiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Donnarummaning agentlari ham futbolchining kelgusi faoliyati masalasida ish boshlagan va hozirda Angliyaning qator yetakchi klublari uni o‘z safiga qo‘shishga katta qiziqish bildirmoqda. PSJdagi bu yangi “darvozabonlar siyosati” nafaqat fransuz futbol jamoalari, balki Yevropa grandlari uchun ham qiziqish uyg‘otmoqda.

Darvozabonlar o‘rtasidagi raqobat, yo‘nalish va klubdagi yangi strategiya PSJning yangi mavsumidagi ishonch va barqarorlik uchun muhim omil bo‘lishi mumkin. Muxlislar esa yangi mavsumda PSJ darvozasini kim qo‘riqlashini va Donnarummaning kelajagi qay yo‘nalishda hal bo‘lishini qiziqish bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJda darvozabonlar inqilobi: Shevalega ishonch, Donnarumma ketishi kutilyapti