
Angliya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Tottenxem” uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Unda 1:0 hisobi qayd etilib, mankunianliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning qo‘p qismi tengkurashlar ostida o‘tdi va “MYu“ asosiy qarshi hujumlar bilan o‘ynadi. “Tottenxem“ esa o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga ushlab turishga intildi.
Shunday bo‘lsada, birinchi bo‘limning 29-daqiqasida Genrix Mxitaryan jamoasining tezkor qarshi hujumini ajoyib gol bilan yakunlab, hisobni ochdi – 1:0.
“Tottenxem“ final hushtagiga qadar javob golini kiritishga harakat qildi. Lekin De Xea bu kechada darvozasidan to‘p olib chiqmadi.
Shu tariqa, “Manchester Yunayted” o‘zida “Tottenxem”ni mag‘lub etib, uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.
Angliya chempionati, 15-tur
Manchester Yunayted – Tottenxem 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 29 Mxitaryan.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Djons, Darmian, Valensiya, Errera, Kerrik, Pogba, Mxitaryan (Bayi, 85), Marsyal (Reshford, 72), Ibragimovich.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker, Vertongen, Eriksen (Nkudu, 83), Dembele (Uinks, 67), Vanyama, Alli, Son Xыn Min (Sissoko, 57), Keyn.
Ogohlantirishlar: Valensiya (32), Vanyama (58), Pogba (64), Mxitaryan (76), Uoker (78), Rouz (82). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar