date

PSJ Donnarummani ketishga undamoqda, kelishuv uzaytirilmaydi

PSJ Donnarummani ketishga undamoqda, kelishuv uzaytirilmaydi

Fransiyaning mashhur klubi "Pari Sen-Jermen" 26 yoshli darvozabon Janluiji Donnarumma bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi. Fransuz grandi uni jamoa safida ushlab qolish niyatida emas va uni boshqa klubga yo‘l olishga chorlamoqda. Bu haqda “RMC Sport” nashri orqali ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar Donnarummani 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Superkubogi bahsining rasmiy ro‘yxatiga ham kiritmadi. Mazkur bellashuv Italiyadagi "Friuli" stadionida "Tottenxem"ga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bu qaror uning jamoadagi kelajagi borasidagi gumonlarni yanada kuchaytirdi.

Italiyalik posbonning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, insayder Fabritsio Romano ta’kidlashicha, Donnarumma hech qanday holatda PSJ bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmayapti. U yozdayoq yoki keyingi mavsum oxirida erkin agent sifatida klubni tark etishi mumkin. Futbolchiga yaqin manbalar bu vaziyatni unga nisbatan adolatsiz deb baholashmoqda.

Shu bilan birga, PSJ yaqinda "Lill" klubidan yosh va istiqbolli darvozabon Lyuka Shevaleni 40 million yevro va qo‘shimcha 15 million yevrolik bonuslar evaziga xarid qildi. Jamoa tarkibida Matvey Safonov va Arnau Tenas kabi yana ikki posbon mavjudligi, Donnarummani asosiy tarkibdagi o‘rnini yanada qiyinlashtirishi mumkin.

Muxlislar bu jarayonni qiziqish bilan kuzatmoqda, chunki Donnarumma yosh bo‘lishiga qaramay, jahon futbolida o‘z o‘rnini topgan va ko‘plab katta bahslarda tajriba orttirgan darvozabon sifatida tanilgan. Uning keyingi manzili qaysi klub bo‘lishi sport olamidagi eng qiziqarli savollardan biriga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ Donnarummani ketishga undamoqda, kelishuv uzaytirilmaydi