"Barselona" klubida asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegen muammosi hal bo‘lishi bilanoq jamoa ichida yana bir yangi ziddiyat yuzaga keldi. Ispaniyaning nufuzli Sport nashri xabariga ko‘ra, klubning ikki yosh yulduzi — Gavi va Fermin Lopes o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan va bu holat ixtilof bosqichiga yetgan.
Manbalar ta’kidlashicha, ular orasidagi tortishuvning ildizi maydonda emas, balki shaxsiy hayotda. Aniqrog‘i, ikki futbolchining sevgililari o‘rtasida paydo bo‘lgan kelishmovchilik munosabatlarni yanada taranglashtirgan. Bu holat natijasida Gavi va Fermin o‘zaro masofa saqlay boshlashgan va munosabatlarda sovuqlik sezilayotgani aytilmoqda.
Yaqinda Gavi 21 yoshga to‘ldi, ammo ushbu muhim sanada Fermin Lopes uni tabriklamadi. Bu harakatni shaxsiy haqorat sifatida qabul qilgan Gavi, klub prezidenti Joan Laportaning maslahatchilaridan biriga murojaat qilib, Ferminning jamoa muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytgan va uni transfer ro‘yxatiga qo‘yish taklifini ilgari surgan.
Fermin Lopes esa vaziyatni o‘zida saqlamay, ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi orqali ushbu mojaroni omma e’tiboriga havola qildi. Uning bunday ochiq harakati jamoa ichidagi ziddiyat haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.
Mutolahazalarga ko‘ra, agar klub rahbariyati bu mojaroni tez fursatda hal etmasa, bu kelgusi mavsumda "Barselona"ning ichki muhiti va o‘yin sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Muxlislar esa hozir bu voqeaning qay tarzda yakun topishini katta qiziqish bilan kuzatmoqda.
"Barselona"da yangi ichki mojaro: Gavi va Fermin o‘rtasida ziddiyat avj oldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar