So‘nggi yillarda turli mamlakat va shaharlarda yirik musobaqalar tashkil qilib kelayotgan UFC promouterlik kompaniyasi endi butun dunyo e’tiborini yanada tortadigan tadbirga qo‘l urmoqda — Oq uy hududida janglar tashkil etish rejasi bor.
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, bu reja haqiqiy va amalga oshishi aniq. Uning so‘zlariga ko‘ra, musobaqa formati va texnik masalalar AQSH prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qilingan, endilikda faqat Oq uy ma’muriyati bilan kelishish qoldi.
Jangchilar ro‘yxati hali to‘liq aniqlanmagan bo‘lsa-da, nomzodlar orasida Trampning sevimli sportchisi Kolbi Kovington ham bor. Biroq uning so‘nggi janglardagi natijalari va diviziondagi kuchli raqobat unga imkoniyatni qiyinlashtirishi mumkin.
Tramp rejasiga ko‘ra, ushbu tarixiy jang 2026 yilda, AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi imzolanganining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Prezident kamida 25 ming tomoshabin kelishiga umid qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!