“Oltin to‘p–2016” mukofotiga loyiq deb topilgan “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“To‘rtinchi marta “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish men uchun sharaf. Xuddi birinchi marta yutgandek o‘zimni his qilyapman. Orzuim yana amalga oshdi. Futsatdan foydalanib “Real” va Portugaliya termasidagi sheriklarimga minnatdorlik bildiraman.
Men uchun shaxsiy va jamoaviy yutuqlar muhim. Har doimgidek bor kuchimni namoyish qilishga harakat qilaman. Ushbu mukofotni yutib olish oson emas va uni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Avvallari “Oltin to‘p”ni 4 marta yutib olaman deb sira o‘ylamagan edim”, – dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu faoliyatida to‘rtinchi marta “Oltin to‘p” mukofotiga egalik qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi