date

Messi yangi “Kamp Nou”da o‘ynash uchun “Barsa”ga qaytishi mumkin

Messi yangi “Kamp Nou”da o‘ynash uchun “Barsa”ga qaytishi mumkin

Futbol olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangilik paydo bo‘ldi. Argentinalik yulduz Lionel Messi faoliyatini yakunlashdan oldin yana bir bor “Barselona” jamoasi safida maydonga tushishi ehtimoldan holi emas. Bu haqda mashhur jurnalist Alex Kandall xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Messi yangi qurilayotgan “Kamp Nou” stadionida muxlislar oldida o‘ynashni orzu qilmoqda. Shu bois u klub bilan qisqa muddatli shartnoma yoki xayrlashuv o‘yini o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Ayni paytda “Barselona”ga qaytish haqida rasmiy tasdiq berilmagan bo‘lsa-da, insayder ma’lumotlariga qaraganda, yulduz futbolchi bu g‘oyani jiddiy tarzda ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi “Kamp Nou” 2026 yilda to‘liq ochilishi rejalashtirilgan. Biroq ba’zi tribunalar 2025/26 yilgi mavsumdayoq ishga tushishi mumkin. Agar barchasi rejaga ko‘ra kechsa, Messi o‘zining sevimli klubi safida yana bir bor maydonga tushib, “blaugrana” ishqibozlariga katta tuhfa taqdim etishi ehtimoldan holi emas.

Shu tariqa, futbol muxlislari orasida “Messi yana Kamp Nouda!” degan umid yana kuchaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi yangi “Kamp Nou”da o‘ynash uchun “Barsa”ga qaytishi mumkin