date

Ronaldu haqida Benzema: U futbolning haqiqiy afsonasi

Ronaldu haqida Benzema: U futbolning haqiqiy afsonasi

Karim Benzema yaqinda Krishtianu Ronalduni futbol tarixidagi eng yirik afsonalardan biri sifatida ta’rifladi.

19 avgust kuni Gonkongda Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida “An-Nasr” va “Al-Ittihod” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bu bellashuv Karim Benzema va Krishtianu Ronalduning yana bir maydondagi dueli sifatida ham qiziqish uyg‘otdi.

Biroq Benzema jurnalistlar bilan suhbatda bu o‘yinni ikki futbolchi o‘rtasidagi to‘qnashuv sifatida ko‘rish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi:

“Bu mening Ronalduga qarshi o‘yinim emas. U futbol dunyosida afsona hisoblanadi. U sportning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan va hali ham qo‘shib kelmoqda. Unga faqatgina eng yaxshi tilaklarimni yo‘llayman. Biz raqib bo‘lamiz, ammo bu asosan 'An-Nasr' va 'Al-Ittihod' o‘rtasidagi bellashuv”, — dedi Benzema.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu haqida Benzema: U futbolning haqiqiy afsonasi