Bundesliganing yangi mavsumi yuqori darajadagi to‘qnashuv bilan start oldi. Ilk tur doirasida Vinsan Kompani boshchiligidagi «Bavariya» o‘z maydonida «RB Leypsig»ni qabul qildi va muxlislar kutganidek, juda ishonarli tarzda g‘alaba qozondi.
Keynning xet-trigi va Diasning ilk goli
Uchrashuv haqiqiy gollar marafoniga aylandi. Yozgi transferlar orqali Myunxen klubiga qo‘shilgan Luis Dias o‘zining chempionatdagi ilk golini urdi. Yana bir yangi futbolchi Olise ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi. Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn esa muxlislarni yana bir bor quvontirib, 13 daqiqa ichida xet-trik muallifiga aylandi.
Shu tariqa, «Bavariya» hujum chizig‘idagi ustunligi va samaradorligi bilan raqibni mutlaqo imkoniyatsiz qoldirdi.
Uchrashuv tafsilotlari
Birinchi bo‘limdayoq «Bavariya» ustunlikni qo‘lga oldi. Olise 27 va 42-daqiqalarda darvozaga yo‘l topdi, Dias esa 32-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi taymda esa Keyn sahnaga chiqib, 64, 74 va 77-daqiqalardagi gollari bilan jamoasiga yirik 6:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi.
Navbatdagi bellashuv
Ma’lumot uchun, «Bavariya» o‘zining keyingi bahsini 27 avgust kuni «Been» klubiga qarshi o‘tkazadi. Kompani shogirdlari oldida endi ham o‘yin sifati, ham natija bo‘yicha yuqori darajani saqlab qolish vazifasi turibdi.
Bundesliga. 1-tur.
«Bavariya» – «RB Leypsig» 6:0
Gollar: Olise (27, 42), Dias (32), Keyn (64, 74, 77)
Bavariya: Noyer, Laymer (Boye, 69), Upamekano, Ta (Kim Min Che, 68), Stanishich, Goretska (Pavlovich, 68), Gnabri (Karl, 69), Olise, Keyn.
RB Leypsig: Gulachi, Raum, Lukeba, Orban, Baku, Shlager (Bandzuzi, 69), Zayvald (Eudrago, 88), Simons, Doumande (Nusa, 46), Openda (Romulo, 46), Bakayoko (Baumgartner, 69).
Ogohlantirishlar: Orban (34), Ta (49), Laymer (63), Kimmix (68), Olise (87).
Myunxendagi bu yirik g‘alaba yangi mavsum oldidan «Bavariya»ning chempionlik yo‘lida yanada ishonch bilan harakat qilayotganidan dalolat berdi.
«Bavariya» yangi mavsumni "RB Leypsig" ustidan yirik g‘alaba bilan boshladi (video)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar