O‘zbekiston kanoisti Artur Guliev Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Kanoe va baydarka bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda Kursiv media sayti.
U 200 metr masofani 38,6 soniyada yakunlab, g‘alabaga erishdi. Ikkinchi o‘rinni ispan kanoisti Pablo Grana egalladi, uchinchi o‘rin Rossiyadan Sergey Svinaryovga berildi, u neytral bayroq ostida ishtirok etgan.
Bu O‘zbekiston vakili uchun dunyoning eng yirik musobaqalaridagi ilk oltin medal emas. 2023 yil yozda u Germaniyada ham 200 metr masofada 38,7 soniya natijasi bilan birinchi o‘rinni olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar