date

Ruminiyada sensatsiya: "Universitatya Krayova 1948"dan 94 ochko olib tashlandi

Ruminiyada sensatsiya: "Universitatya Krayova 1948"dan 94 ochko olib tashlandi

Ruminiya futbol federatsiyasi mamlakat chempionatining uchinchi divizionida juda keskin va kutilmagan qaror qabul qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi mavsum boshlanishidan oldin “Universitatya Krayova 1948” klubi jadvaldan darhol 94 ochkodan mahrum etildi. Bu hodisa nafaqat mahalliy futbol muxlislari, balki butun Yevropa sport jamoatchiligida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Qaror sabablari

Ma’lumotlarga ko‘ra, federatsiyaning bunday qattiq chora ko‘rishi klubning moliyaviy intizomga amal qilmagani bilan bog‘liq. Xususan, jamoa futbolchilar va murabbiylar oldidagi qarzlarini uzmagan, shuningdek 2023 yildagi Ruminiya kubogi doirasida Buxarestning “Dinamo” klubiga qarshi o‘yin uchun belgilangan moliyaviy majburiyatlarni bajarmagan.

Bu jarima bir martalik emas. Ilgaridan ham klubga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan bo‘lib, bu galgi choralar avvalgi jazolar bilan qo‘shib hisoblangan holda amalga oshirildi.

Qarzlarni to‘lash uchun so‘nggi muddat

Federatsiya “Universitatya Krayova 1948”ga oxirgi imkoniyat sifatida 3 sentyabrgacha barcha qarzlarni to‘lashni buyurdi. Agar shu muddatgacha majburiyatlar bajarilmasa, jamoani yanada og‘ir jazolar kutmoqda. Shu jumladan, mutlaqo barcha musobaqalardan chetlatish masalasi ham kun tartibida turibdi.

Jamoa taqdiri qachon hal bo‘ladi?

Federatsiyaning ma’lum qilishicha, klubning keyingi taqdiri 25 sentyabr kuni uzil-kesil hal etiladi. Agar klubning zimmasidagi vaziyat o‘zgarmasa, “Universitatya Krayova 1948”ning ruminiya futbolidagi kelajagi katta xatar ostida qolishi mumkin.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, bu holat boshqa klublar uchun ham katta saboq bo‘lib xizmat qiladi. Chunki moliyaviy intizomga amal qilish – har qanday jamoa hayotida asosiy ustuvorlik hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruminiyada sensatsiya: "Universitatya Krayova 1948"dan 94 ochko olib tashlandi