date

Chendler fikri: Topuriya uchun eng munosib raqib aniqlandi

Chendler fikri: Topuriya uchun eng munosib raqib aniqlandi

MMA olamida yana qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan fikrlar aytildi. Amerikalik mashhur UFC jangchisi Maykl Chendler 70 kg vazn toifasida amaldagi chempion Iliya Topuriya uchun qaysi jangchi munosib raqib bo‘lishi mumkinligini ochiq bayon qildi.

Chendlerning fikricha, Jastin Getji aynan shu yo‘nalishda chempion uchun eng kuchli sinovga aylanishi ehtimoldan xoli emas. “Menimcha, Jastin Iliya uchun juda jiddiy raqobatchi bo‘la oladi. Agar bu to‘qnashuv amalga oshsa, o‘z shaxsiy taxminlarimga ko‘ra, ustunlikni Getjiga bergan bo‘lardim. Chunki u oxirgi vaqtlarda yana yuqori formasiga qayta boshladi. Jastin o‘zining tajribasi va taktik kurashlari bilan Topuriyaga qarshi kutilmagan natija qayd etishi mumkin”, — dedi Chendler deya uning so‘zlarini “Bloody Elbow” keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji o‘zining oxirgi jangida Rafael Fiziyevga qarshi maydonga tushib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alabaga erishgandi. Bu natija uni yana yuqori pog‘onaga olib chiqdi va uning kuchli raqib sifatidagi nufuzini yanada mustahkamladi.

MMA muxlislari uchun eng qiziq savol — Topuriya va Getji to‘qnashuvi amalga oshadimi? Agar bu jang uyushtirilsa, u nafaqat UFC tarixida, balki butun jang san’ati olamida ham eng kutilgan va qiziqarli bellashuvlardan biriga aylanishi turgan gap.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chendler fikri: Topuriya uchun eng munosib raqib aniqlandi