date

«Grimsbi»dan sensatsiya: «Yunayted»ni 12:11 hisobda penaltilarda mag‘lub etdi (video)

«Grimsbi»dan sensatsiya: «Yunayted»ni 12:11 hisobda penaltilarda mag‘lub etdi (video)

Angliya Liga kubogining ikkinchi bosqichi doirasida Klitorps shahridagi «Blandell Park» stadionida kutilmagan va dramatik bahs bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda Premer-liganing mashhur klubi «Manchester Yunayted» o‘z maydoniga nisbatan kichik imkoniyatlarga ega bo‘lgan «Grimsbi» bilan to‘qnash keldi va sensatsion natija qayd etildi.

Uchrashuv juda shiddat bilan boshlandi. Allaqachon 22-daqiqada Charlz Vernem mezbonlar nomidan hisobni ochdi. Ortidan 30-daqiqada Tayrell Uorren gol kiritib, «Grimsbi» ustunligini ikki barobarga oshirdi. Bu vaziyat «Yunayted» uchun kutilmagan zarba bo‘ldi.

Shundan so‘ng mankunianliklar tashabbusni qo‘lga oldi. 75-daqiqada Brian Mbemo hisobni qisqartirdi va «Yunayted»ga umid bag‘ishladi. Oxirgi daqiqalarda esa tajribali himoyachi Xarri Maguayr sahnaga chiqdi — 89-daqiqada u gol kiritib, hisobni 2:2 qilib tenglashtirdi.

Asosiy vaqt va qo‘shimcha daqiqalar g‘olibni aniqlay olmadi. Barchasi penaltilar seriyasiga qoldi. Bu yerda esa dramatik palla boshlandi: «Yunayted» safida Mateus Kunya imkoniyatdan foydalanolmadi. «Manchester Yunayted» darvozaboni Andre Onana kutilmaganda Klark Oduorning zarbasini qaytardi. Ammo uzoq davom etgan seriyada omad mezbonlar tomonida bo‘lib, ular 12:11 hisobida zafar quchishdi. So‘nggi zarbani Brayan Mbyomo golga aylantira olmadi. Shu tariqa 13 martadan penalti tepilgan seriyada 4-divizion jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Qizil iblislar» esa ilk bosqichdayoq turnirni tark etdi.

Bu g‘alaba «Grimsbi» uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bir tomondan, klub Angliyaning eng nufuzli jamoalaridan biri ustidan zafar qozondi, ikkinchi tomondan esa muxlislar uchun unutilmas to‘qnashuv bo‘ldi.

Angliya Liga kubogi. 1/32 final
«Grimsbi» — «Manchester Yunayted» 2:2 (Pen. 12:11)
Gollar: Vernem (22), Uorren (30) — Mbeumo (75), Maguayr (89).

«Grimsbi»: Pim, Suini, Jannett, Uorren, Rodjers, Vernem, Makikran, Xouri, Grin, Berns, Gardner.
«Manchester Yunayted»: Onana, Xeven, Maguayr, Fredrikson, Dorgu, Kunya, Diallo, Ugarte, Maynu, Dalot, Sheshko.

Ogohlantirishlar: Fredrikson (36), Zirkze (87), Xouri (87), Jannet (88).

Mutaxassislar fikricha, bu mag‘lubiyat «Manchester Yunayted» uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Muxlislar esa «Grimsbi»ning katta jasoratini hurmat bilan qarshi olishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Grimsbi»dan sensatsiya: «Yunayted»ni 12:11 hisobda penaltilarda mag‘lub etdi (video)