date

«Manchester Siti»da yangi davr: Gyundog‘an va Akanji taqdiri savol ostida

«Manchester Siti»da yangi davr: Gyundog‘an va Akanji taqdiri savol ostida

2025–2026 yilgi mavsumni «Manchester Siti» turlicha kayfiyatlarda boshladi — «Vulverxempton» ustidan qozonilgan yirik g‘alaba muxlislarni quvontirgan bo‘lsa, ortidan kelgan «Tottenxem»dan olingan alamli mag‘lubiyat ko‘plab savollarga sabab bo‘ldi.

Nufuzli nashrlar, jumladan, esteemedkompany.com sayti eksperti Adam Marrettning yozishicha, chempionatning dastlabki ikki bahsiyoq jamoada avlodlar almashinuvi jarayoni kuchayib borayotganini ko‘rsatdi. Xosep Gvardiola endi asosan tajribali yulduzlarga emas, balki iqtidorli yoshlarga ishonch bildirmoqda.

E’tiborli jihati — jamoaning yirik yulduzlari Ilkay Gyundog‘an va Manuel Akanji mavsum boshidan beri birorta uchrashuvda maydonga tushirilmadi. «Vulverxempton»ga qarshi bellashuvda ular zaxirada qoldirilgan bo‘lsa, «Tottenxem» bilan o‘yin qaydnomasiga umuman kiritilmadi.

Masalan, «Vulverxempton»ga qarshi ikkinchi bo‘limda ko‘pchilik kutganidek Akanji emas, balki yosh iste’dod egasi Abduqodir Husanov maydonga tushirildi. Yarim himoyada esa tajribali Ilkay Gyundog‘an o‘rniga Niko O'Reyli imkoniyatga ega bo‘ldi.

Bu holat ayrim ekspertlar tomonidan Gyundog‘an va Akanjining tez orada klubni tark etishi mumkinligi bilan izohlanmoqda. Chunki ularga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda. Shuningdek, Sky Sports News nashri «Kristal Pelas» Akanjini olish uchun «Siti» rahbariyatiga murojaat qilganini yozsa, Italiya manbalari Ilkay Gyundog‘anga bir nechta A Seriya klublari taklif bilan chiqqanini ma’lum qildi.

Xosep Gvardiolaning yosh ijrochilar — Husanov va O'Reyliga ishonch bildirishi jamoada yangi davr boshlanganini ko‘rsatadi. Bu esa klubda avlodlar almashinuvi jarayoni tezlashayotganidan dalolatdir.

«Manchester Siti»ning yakuniy tarkibi 1 sentyabrda transferlar oynasi yopilgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Agar Ilkay Gyundog‘an va Manuel Akanji klubni tark etsa, bu mutlaqo kutilmagan yangilik hisoblanmaydi. Ular qolgan taqdirda ham, asosiy tarkibda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish ehtimoli juda past. Chunki Gvardiola jamoasida yangi bosqich boshlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti»da yangi davr: Gyundog‘an va Akanji taqdiri savol ostida