“Nyukasl Yunayted” rahbariyati shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isaakning jamoa bilan mashg‘ulotlarga qayta qo‘shilishidan umidvor edi. Biroq futbolchi fikrini o‘zgartirmadi va natijada klub uni sotish masalasini ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.
Yozgi transferlar oynasi yopilishiga bir necha kun qolgan bir paytda “qarg‘alar” Isaak bilan xayrlashish uchun aniq talablarni belgilab oldi. The Chronicle nashri xabariga ko‘ra, klub faqat ikki shart bajarilgan taqdirdagina forvardni qo‘yib yuborishi mumkin.
Birinchi shart – “Nyukasl” albatta jamoaga yangi markaziy hujumchi olib kelishi kerak. Chunki klub bosh murabbiyi Eddi Xau hujum chizig‘ida zaxirasiz qolishni istamaydi. Hozirda sport bo‘limi ehtimoliy nomzodlar sifatida “Vulverxempton” safidagi Yorgen Larsen, “Chelsi” hujumchisi Nikolas Jekson va “Brentford”dan Yoan Vissani ro‘yxatga kiritgan.
Ikkinchi shart esa moliyaviy jihatga taalluqli: Aleksandr Isaakni sotib olishni xohlagan klub 150 million funt atrofidagi katta miqdorda badal puli to‘lashi talab qilinadi.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, Isaakning transferi Angliya Premer-ligasidagi eng katta mavsumiy harakatlardan biriga aylanishi mumkin. Muxlislar esa keyingi kunlarda “Nyukasl” qanday qaror qabul qilishini katta qiziqish bilan kutmoqda.
“Nyukasl” Isaak bilan xayrlashishi mumkin: transfer shartlari ma’lum
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar