date

Martinovich orzusi: “Qayrat” safida “Real” yoki PSJga qarshi o‘ynash

Martinovich orzusi: “Qayrat” safida “Real” yoki PSJga qarshi o‘ynash
Qozog‘iston chempioni “Qayrat”ning tajribali sardori Aleksandr Martinovich Chempionlar Ligasi 2025/2026 mavsumida jamoasiga raqib sifatida qaysi klublarni ko‘rishni istashi haqida to‘xtalib o‘tdi. Belaruslik himoyachiga ko‘ra, oldindagi musobaqa nafaqat jamoa uchun, balki muxlislar uchun ham tarixiy sahifa bo‘lishi mumkin.
— Chempionlar Ligasining yangi reglamenti asosida “Qayrat” o‘z maydonida Yevropaning eng nufuzli klublaridan biriga qarshi bahs olib boradi. Mening shaxsiy orzum — Olmaotada “Real Madrid” yoki PSJ kabi katta klublarni ko‘rish. “Real” — bolaligimdan muxlislik qilib kelayotgan va hozirgacha diqqat bilan kuzatib boradigan jamoa. PSJ esa bugungi kunda dunyoning eng kuchli klublaridan biri. Shuningdek, Rossiya terma jamoasi posboni Matvey Safonovni ham ko‘rganimdan mamnun bo‘lardim, — dedi Martinovich.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi qur’asi bugun, 28-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi belgilangan. Ushbu musobaqaning amaldagi chempionlik sovrini egasi Fransiya grandi — “Pari Sen-Jermen” hisoblanadi.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, “Qayrat”ning Yevropa sahnasida qanday raqiblar bilan to‘qnashishi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Muxlislar esa o‘z jamoasining tarixiy bahslarini orziqib kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Martinovich orzusi: “Qayrat” safida “Real” yoki PSJga qarshi o‘ynash