Angliya Premer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan «Aston Villa» va «Kristal Pelas» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Mateta 21-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 68-daqiqada Gehi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 78-daqiqada esa Sarr uchrashuvga mantiqiy nuqta qo‘ydi.
Shu tariqa, «Kristal Pelas» ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari hisobini 5 ta yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Aston Villa» esa 1 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.
APL. 3-tur
«Aston Villa» - «Kristal Pelas» 0:3
Gollar: Mateta (21), Gexi (68), Sarr (78).
Aston Villa - Bizot, Kash (Burroves, 74), Konsa, Mings, Matsen (Bogarde, 84), Makkin (Torres, 74), Tilemans, Malen (Din, 83), Rojers, Gessand (Buendia, 46), Uotkins.
Kristal Pelas - Xenderson, Richards, Lakroiks, Gexi, Munos, Uorton (Lerma, 56), Xyuz (Pino, 71), Mitchell, Sarr, Kamada (Klayn, 86), Mateta (Devenni, 85).
Ogohlantirishlar: Kash (13), Bizot (20) - Mateta (22), Xyuz (52), Sarr (87).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!