date

O‘zbekiston U-17 Ispaniyadagi xalqaro turnirni Angliyaga qarshi boshlaydi

O‘zbekiston U-17 Ispaniyadagi xalqaro turnirni Angliyaga qarshi boshlaydi

Ayni damda Ispaniyada mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida o‘z yurishini boshlash arafasida.

Bugun Islom Ismoilov qo‘l ostidagi yosh futbolchilarimiz Angliya U-17 jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start olishi belgilangan.

Shu bilan birga, mazkur turnirda Marokash hamda Kanada o‘smirlar terma jamoalari ham ishtirok etadi.

E’tiborlisi, ushbu musobaqada qatnashadigan barcha jamoalar o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar hisoblanadi.

Bu bellashuv nafaqat tarkib sinovi, balki jahon musobaqasi arafasidagi jiddiy tayyorgarlik jarayoni sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-17 Ispaniyadagi xalqaro turnirni Angliyaga qarshi boshlaydi