date

Topuriya Qozog‘istonlik jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi!

Topuriya Qozog‘istonlik jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi!

Ma’lumki, 22-noyabr kuni Qatar poytaxti Dohada UFCning yirik turnirlaridan biri — “UFC Fight Night” katta qiziqish ostida tashkil etiladi. Bu sanada jang san’ati ixlosmandlari oktagonda keskin to‘qnashuvlarga guvoh bo‘lishadi.

E’tiborli jihati shundaki, mazkur turnirda yengil vazn toifasida hozirgi amaldagi chempion Iliya Topuriyaning akasi Aleksandr Topuriya (6-1) ham oktagonga chiqadi. Uning raqibi qozog‘istonlik mahoratli jangchi Bekzat Almaxan (12-2) bo‘ladi. Turnirning asosiy intrigalaridan biri aynan shu bellashuv bilan bog‘liq, deya aytsa bo‘ladi.

Shu bilan birga, UFCning mazkur kechasida hamyurtimiz Bogdan Guskov ham oktagonga chiqishi rejalashtirilgan. Uning raqibi esa taniqli polshalik sportchi Yan Blaxovich bo‘ladi. Bu jang ham muxlislar uchun o‘zgacha qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Turnir oldidan mutaxassislar va ekspertlar bunday raqiblar to‘qnashuvi juda keskin kechishi va muxlislar yodda saqlab qoladigan voqea sifatida tarixda qolishini ta’kidlashmoqda. Dohadagi bu kun haqiqiy UFC bayramiga aylanishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Topuriya Qozog‘istonlik jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi!