Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann kelayotgan Jahon chempionatida terma jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida gapirdi.
Murabbiyning ta’kidlashicha, Germaniya uchun eng katta maqsad — g‘alaba qozonish va kubokni qo‘lga kiritish hisoblanadi.
— Menimcha, Jahon chempionatida zafar qozonishni xohlashimiz mutlaqo odatiy holat. Buni orzu qilish yoki aytmaslik keraksiz emas, chunki Germaniya doim yuqori marralarga intiladi. Men 100 foiz ishonamanki, hech bir futbolchi boshqacha javob qaytarmagan bo‘lardi. Agar kimdir boshqacha fikrda bo‘lganida, u bizning safimizda umuman bo‘lmagan bo‘lardi, — dedi Nagelsmann.
Ta’kidlash joizki, Germaniya so‘nggi yillarda xalqaro musobaqalarda ko‘ngildagidek natija ko‘rsata olmagandi. Shu bois Nagelsmann va uning shogirdlari JCH-2026da jamoani qaytadan jahon futboli cho‘qqisiga olib chiqishni maqsad qilib qo‘ygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!